NAVRO’ZI OLAM MUBORAK!

314 Views

Bu yil ham  “Navro’z” shodiyonolari Surxon vohasining Termiz tumanidagi “Otchopar”da xalq sayli ko’rinishida o’tkazildi.

Bayramni milliy qadriyat va urf-odatlarimizga hamohang o’tkazish uchun qo’rg’onlar barpo etilib, o’tovlar o’rnatildi. Termiz shahri, tumanlar hokimliklari, yirik korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarining qo’rg’onlari o’tmish va bugunni aks ettiruvchi turli osori-atiqalar va vohada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalari bilan bezatildi. Xalq amaliy, tasviriy san’ati namunalari hamda kitoblar ko’rgazmalari tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, Termiz davlat universiteti jamoasi ham bu yilgi “Navro’z” bayramiga har yilgidanda o’zgacha tayyorgarlik ko’rishdi.Universitet fakultetlari tomonidan  turli xalq va sport o’yinlari, laparu aytishuvlar, ayniqsa, o’lmas qadriyatlarimizni namoyish etishga keng o’rin berildi.

Viloyat hokimi B.Po’latov, vohaga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar hamrohligida viloyatdagi turli tashkilot va tumanlar tomonidan qurilgan qo’rg’onlar va ulardagi  bayram dasturlarini ko’zdan kechirar ekan, universitet jamoasi  tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirlariga yuqori baho berdi.

“Otchopar”dagi amfiteatr  sahnasida viloyatdagi badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllari, bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilarining chiqishlari, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan el ardog’idagi san’atkorlar, yoshlar tomonidan ijro etilgan xalq og’zaki ijodi termalaridan namunalar, ona-Vatanni, tinchlikni, obod va ozod yurtimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar barchaga quvonch ulashdi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support