BALLI, QIZLAR!

318 Views

Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bo’lgan munosabat bilan belgilanadi. Bugungi kunda o’zbek ayolini dunyo tanimoqda va tan bermoqda. Ayollarimizning ilm sohasida, iqtisodiyot, ma’naviy–ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, vatanimiz ta’raqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmokda. Ayollarning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishdagi o’rinlarini alohida e’tirof etmoq joiz.

Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida bo’lib o’tgan “Balli qizlar” ko’rik tanlovida ishtirok etgan talaba-qizlarimiz ham tanlov shartlarini bajarish asnosida qalblarida shu go’zal yurtning farzandi ekanliklaridan g’ururlanish hissi  bilan zukkoliklari, uddaburonliklari hamda pazanda-yu sarishtaliklarini namoyon etgan bo’lsalar ajabmas.photo_2019-03-14_21-22-15Tanlovda ishtirok etgan qizlar o’zlari sahnalashtirgan sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi.photo_2019-03-14_21-22-19Tanlov so’ngida  1-o’rinni 105-guruh talabasi M.O’ralova, 2-o’rinni 108-guruh talabasi S.Jumayeva, 3-o’rinni 104-guruh talabasi S.Safarovalar egallashgani e’lon qilindi va ularga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support