Trulli Trulli Trulli

TERDUNING FAOL XOTIN-QIZLARI SAYOHATDA…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi  “Ichki turizimni rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3514 –son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi ijrosi va universitetlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Termiz davlat universiteti rahbariyatining tashabbusi bilan bir guruh professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlardan iborat xotin-qizlar qishki taʼtil vaqtida Buxoro va Samarqand shaharlarida sayohatda boʻldilar.

  3 kun davom etgan mazkur sayohat davomida xodimlar shaharning tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishib, soʻngi vaqtlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular har bir majmua tarixi, buyuk ajdodlarimizdan avlodlarga oʻtib kelayotgan qimmatli manbalarga oid maʼlumotlarga ham ega boʻlishdi.

  Shuningdek, professor-oʻqituvchilar sayohat davomida Samarqand davlat universitetida ham boʻlishib, oliygohda yaratilgan sharoitlar, yangiliklar  bilan tanishishdi, hamkasblari bilan hamkorlik aloqalariga kelishib olishdi.  

–  Qadimiy va boy tarixga ega, yurtimizning fahri sanaladigan ushbu shaharlarga uyushtirilgan mazkur sayohat bizni mamnun etdi. Taassurotlarimiz oʻzgacha, ayollarga koʻrsatilayotgan eʼtibordan hursandmiz. Samarqand davlat universitetidagi hamkasblarimiz bilan boʻlgan uchrashuv taʼlimdagi tajriba almashish va hamkorlik aloqalarimizni mustahkamladi.  Aminmanki, bunday maroqli va mazmunli hordiqdan soʻng kuchimizga kuch, gʻayratimizga gʻayrat qoʻshiladi. -deydi TerDU oʻqituvchisi Lola Aliboyeva.

    Davomli tarzda tashkil etilayotgan bu kabi sayohatlar universitet professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlarini ruhlantirib,mehnat unumdorligini yanada oshishiga  xizmat qiladi.photo_2019-01-08_15-36-17 photo_2019-01-08_15-36-18 photo_2019-01-08_15-36-19 photo_2019-01-08_15-36-21 photo_2019-01-08_15-36-22 photo_2019-01-08_15-36-24

Leave a Reply

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support