Trulli Trulli Trulli

“OILA-BAXT QOʻRGʻONI”

Mehr-muhabbat arzon buyum emas, butun umr davomida u tomonga qarab uzoq yoʻl yuriladi. Insonlar bir umrlik oila rishtalarini mustahkamlashda hayotning turli vaziyatlaridan sevib-sevilish sabogʻini olishadi. Muhabbat — koʻpchilik yoshlar oʻylaganidek yuragimizda, xayollarimizda qoʻqqisdan paydo boʻlib qolmaydi. Chin muhabbatga erishish uchun ich-ichimizdagi xudbinlikni yengib, ulgʻayishimiz zarur.

Termiz davlat universitetida “Oila-baxt qoʻrgʻoni” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatini Saodat jurnali boʻlim muharriri Muxtasar Tojimamatova oʻz sheʼrlari va dil soʻzlari bilan ochib berdi. Davra suhbatida universitet boshlangʻich xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilbar Qodirova, barcha fakultet xotin-kizlar qoʻmitasi raisalari qatnashdilar. Tadbir savol-javoblar tarzida juda qiziqarli oʻtdi.photo_2018-12-20_08-53-26 photo_2018-12-20_08-53-27 photo_2018-12-20_08-53-28 photo_2018-12-20_08-53-29 photo_2018-12-20_08-53-30

Leave a Reply

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support