Trulli Trulli Trulli

KASBIM-FAXRIM

80 Views

2018 yil 18 dekabr kuni Termiz davlat universitetida 2018 yil 1 dekabrda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” 2-Respublika tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita yigʻilishining qaroriga asosan, “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi 2- Respublika tanlovi”ning Surxondaryo viloyati bosqichi oʻtkazildi. Tanlov boshlanishi oldidan tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan ishlarning koʻrgazmasi tashkil etildi. Tanlovning viloyat bosqichini Surxondaryo viloyat xotin-qizlar qoʻmitasining raisi, viloyat hokimining oʻrinbosari M.Qobulova kirish soʻzi bilan ochib berib, tanlov ishiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan soʻng, soʻz “Saodat” jurnalining muxbiri M.Tojimamatovaga berildi. M.Tojimamatova ham oʻz soʻzida tanlovning barcha ishtirokchilarini tabriklab, ishtirokchi ayollar, iqtidorli qizlarga omad tiladi. Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyot va ixtirolaridan farqi toʻgʻrisidagi oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashish uchun soʻz Termiz davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektori A.Sattarovga berildi. Sattarov oʻz soʻzida innovatsiya tushunchasining kelib chiqishi, kim tomonidan dastlab qoʻllanilgani, innovatsion kombinatsiyalar, ilmiy kashfiyot va ixtirolar xususida fikrlar bildirib oʻtdi. Shundan soʻng, bevosita tanlov ishiga start berildi. Tanlovni viloyat ixtirochi ayollar uyushmasi raisi M.Hamrayeva boshqarib bordi. Tanlovda “Eng yaxshi biznes loyiha”, “Omadli start(oʻz innovatsion loyihasi asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlayotgan xotin-qizlar uchun)”, “Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi”, “Ijtimoiy soha boʻyicha eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Eng samarali innovatsion loyiha(fan va texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlari uchun)”, “Iqtidorli qizning eng istiqbolli innovatsion gʻoyasi” kabi nominatsiyalar boʻyicha tanlov ishtirokchilari bor mahoratlarini namoyish etishdi.Tanlov ishtirokchilari chiqishlarini ekspert kengashi aʼzolari adolatli baholab borishdi. Tanlovning taqdirlash marosimi ertaga yaʼni 19 dekbar kuni boʻlib oʻtadi.photo_2018-12-18_18-17-58 photo_2018-12-18_18-17-59 photo_2018-12-18_18-18-00 photo_2018-12-18_18-18-01 photo_2018-12-18_18-18-02

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support